Asosiy qismga o'tish
DIGESTSGlobal Law Firm
Yangiliklarga qaytish
Без категории

Kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida

Vazirlar Mahkamasi 2024-yil 17-iyulda 432-son «Kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarorni qabul qildi.

Hujjat bilan quyidagi tartiblar belgilandi:

  • Tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish.
  • Kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi yosh tadbirkorlarga ajratilgan davlat ko’chmas mulki obyektlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish.

Ko’rsatilgan obyektlarni xususiylashtirish vakolati Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (DABA) berildi.

2024-yil 1-avgustdan boshlab kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yosh tadbirkorlar tomonidan bajarilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar natijalarini qabul qilish ushbu zonalarni boshqaruvchi yagona direksiyalar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati tugagan kundan e’tiboran uch oy ichida amalga oshiriladi.

Poytaxtdagi majburiyatlar bajarilishi natijalarini qabul qilish va obyektlarni xususiylashtirish masalalari alohida hukumat komissiyasi tomonidan ko’rib chiqiladi.

Kichik sanoat zonalaridagi obyektlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish besh bosqichda amalga oshiriladi:

  • Majburiyatlarni bajargach, kichik sanoat zonasi ishtirokchisi direksiyaga ariza topshiradi.
  • Direksiya besh ish kuni ichida hujjatlar to’plamini DABAning hududiy boshqarmasiga yuboradi.

DABAning hududiy boshqarmasi:

  • besh kun ichida balans saqlovchiga obyekt inventarizatsiyasini o’tkazish to’g’risida xat yuboradi;
  • 17 kun ichida baholash tashkilotini jalb qilgan holda obyektni baholaydi;
  • bir kun ichida kichik sanoat zonasi ishtirokchisiga obyektni baholangan qiymatda sotib olish taklifini yuboradi;
  • ishtirokchi rozi bo’lsa, o’n kun ichida to’g’ridan-to’g’ri oldi-sotdi shartnomasi tuziladi;
  • obyekt uchun to’lov amalga oshirilgach, ishtirokchi obyektga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini oladi.

Shunga o’xshash tartib yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi obyektlarni xususiylashtirish uchun ham belgilangan